date

AQSHda xavfli virusli maymun laboratoriya yukidan qochdi

AQSHda xavfli virusli maymun laboratoriya yukidan qochdi

AQSHning Pensilvaniya shtatida tajriba hayvonlarini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida xavfli viruslar bilan yuqtirilgan maymun qochib ketdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, konteynerda gepatit C, gerpes va koronavirus bilan zararlangan tajriba maymunlari bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng beshta maymun tezda qo‘lga olingan bo‘lsa-da, bittasi hanuzgcha erkinlikda ekani ma’lum qilindi. U avtoyo‘lni kesib o‘tib, o‘rmonga kirib ketgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari jamoatni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ularga ko‘ra, bu maymun sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, ayniqsa tajovuzkor bo‘lishi va odamlarga hujum qilishi ehtimoli bor.

Yuk avtomobili Floridadagi Tuleyn universitetidan tadqiqot laboratoriyasiga yo‘l olgani aytilmoqda. The Irish Sun xabariga ko‘ra, haydovchi “xavfli biomaterial” tashiyotganini bilgan.

Qutqaruv xizmatlari hozirda hayvonni topish va zararsizlantirish ishlarini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda xavfli virusli maymun laboratoriya yukidan qochdi