Ronaldinyo Dubayda qozoq xalqining qadimiy marosimida ishtirok etdi (video)

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinyo Dubayda qozog‘istonlik bolakay uchun qozoq xalqining qadimiy urf-odatlaridan biri — «tusau-keser» marosimini bajarib berdi. Ushbu an’anaga ko‘ra, endigina mustaqil qadam tashlay boshlagan bolaning oyoqlariga bog‘langan ip kesiladi. Bu uning kelajakda dadil va omadli qadamlar tashlashiga tilak bildirish ramzi hisoblanadi.
Qiziq voqea bolaning o‘ziga xos tanlovi bilan boshlangan. Otasi unga Lionel Messi, Gennadiy Golovkin, Mayk Tayson va Ilon Mask kabi taniqli shaxslarning suratlarini ko‘rsatib, kimni tanlashini so‘ragan. Bolakay esa hech ikkilanmay, braziliyalik futbolchi Ronaldinyoning suratiga ishora qilgan.
Oradan biroz vaqt o‘tib, oila Birlashgan Arab Amirliklarida Ronaldinyo bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Ular futbol afsonasidan o‘g‘li uchun «tusau-keser» marosimini o‘tkazib berishni iltimos qilishgan. Ronaldinyo esa bu taklifni qabul qilib, bolakayning oyoq bog‘ichlarini kesgan.
Bolaning otasi futbolchiga minnatdorchilik bildirib, o‘g‘li ham kelajakda Ronaldinyo kabi muvaffaqiyatli va ko‘pchilikka tanilgan inson bo‘lib yetishishiga umid bildirdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…