date

AQSh Nigeriyada terrorchilarga qarshi zarba berdi

AQSh Nigeriyada terrorchilarga qarshi zarba berdi

AQSh Nigeriya hukumati iltimosiga ko‘ra mamlakatning shimoli-g‘arbida joylashgan Sokoto shtatida “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi havo zarbasi berdi. Operatsiya AQSh harbiylari va Nigeriya xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi.

AQSh harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, zarba aniq razvedka ma’lumotlari asosida berilgan va natijada bir nechta terrorchi yo‘q qilingan. Pentagon operatsiya davomida tinch aholiga zarar yetkazmaslik asosiy ustuvor vazifa bo‘lganini ta’kidladi.

Nigeriya Tashqi ishlar vazirligi ushbu harbiy amaliyotni ikki davlat o‘rtasidagi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning bir qismi sifatida baholadi. Rasmiylarga ko‘ra, razvedka ma’lumotlari almashinuvi terrorchilik guruhlariga qarshi samarali choralar ko‘rishga yordam bermoqda.

Nigeriya hukumati mamlakatda zo‘ravonliklar turli diniy guruhlarga ta’sir qilayotganini bildirar ekan, barcha fuqarolarning xavfsizligi va diniy erkinligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanini qayd etdi. AQSh esa terrorizmga qarshi kurashda Nigeriyani qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Nigeriyada terrorchilarga qarshi zarba berdi