Vladimir Putin «G‘alabaning 70 yilligi» munosabati bilan mahbuslarga amnistiya berilishini ma’qulladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Inson huquqlari himoyasi va fuqarolik jamiyati» bo‘yicha maslahatchisi Mixail Fedotov bilan uchrashuvda maslahatchining «G‘alabaning 70 yilligi» munosabati keng ko‘lamdagi amnistiya joriy qilish bo‘yicha taklifini ijobiy baholagan. Lekin, bu loyihani yana bir marta jiddiy ko‘rib chiqish lozimligini ta’kidlagan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
“Men amnistiya haqidagi taklifni qo‘llab-quvvatlayman. Biroq bu ishlar o‘ta shaffof holda olib borilishi kerak. Ehtiyot bo‘lishni unutmasligimiz, xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan jinoyatchilarni ozodlikka qo‘yib yubormasligimiz kerak”, – deb ogohlikka chaqiradi Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada o‘tgan yili ham “Konstitusiyaning 20 yilligi” munosabati bilan keng ko‘lamdagi amnistiya e’lon qilingan, o‘shanda mamlakat qamoqxonalaridagi 26 ming nafar yengil jinoyatlar uchun qamalgan mahbuslar erkinlikka chiqarilgan edi.
foto: Kun “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing