Real Madrid Rodri uchun past taklif bergani maʼlum boʻldi

Real Madrid Rodri uchun dastlab 40 million yevrodan pastroq, keyin esa 45 million yevro atrofida taklif bergan. Bu summa Manchester Siti tomonidan yetarlicha jiddiy deb baholanmagan. Barselona esa 60 million yevro kafolatlangan va qo'shimcha 11 million yevro bonuslarni o'z ichiga olgan taklif bilan kelishuvga erishgan. Rodri Kataloniya klubi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolagan.
Yozgi transferlar mavsumining eng shov-shuvli voqealaridan biri tafsilotlari oydinlashdi. El Chiringuito TV xabar qilishicha, joriy yilda «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritgan ispaniyalik yulduz Rodri uchu Real Madrid va Barselona klublari oʻrtasida keskin kurash kechgan. Biroq «qirollik klubi» taqdim etgan ilk moliyaviy taklif Manchester Siti rahbariyatida ham, mutaxassislarda ham ajablanish uygʻotdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Moliyaviy tafovut va Madridning ojizligi
Manbalarga koʻra, Florentino Peres boshchiligidagi Real Madrid rahbariyati Rodri uchun atigi 40 million yevrodan pastroq boʻlgan juda kamtarona summa taklif qilgan. 15 karra Chempionlar ligasi gʻolibi boʻlgan klubning bu harakati futbolchining mavqeyi hamda uning Ispaniya terma jamoasi safidagi ulkan yutuqlariga mutlaqo mos kelmas edi. Keyinchalik madridliklar oʻz taklifini 45 million yevro atrofiga yetkazgan boʻlsa-da, bu Manchester Siti uchun yetarli darajada jiddiy qabul qilmadi.Angliya klubi safida 13 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritgan 30 yoshli tayanch yarimhimoyachisi jarohatdan fariq qilganiga va yoshiga qaramay, jahon darajasidagi futbolchi sanaladi. Shunday ekan, inglizlar uning transferi uchun yanada salmoqli mablagʻ talab qilishgani mantiqiy edi.
Kataloniyaning qatʼiy qadami va Barselona gʻalabasi
Real Madrid ikkilanib turgan bir paytda, Barselona bosh murabbiyi Hansi Flick oʻz jamoasining asosiy maqsadiga erishish uchun qatʼiy harakat boshladi. Kataloniyaliklar rahbariyati Frenki de Yongning jarohatidan keyin maydon markaziga tajribali futbolchi suv va havodek zarurligini yaxshi tushunib turgandi. Natijada Blaugrana kafolatlangan 60 million yevro va qoʻshimcha 11 million yevro bonuslarni oʻz ichiga olgan umumiy taklif bilan Manchester Siti bilan kelishuvga erishdi.Spotify Kamp Nou stadioniga rasman taqdim etilgan Rodri Kataloniya klubi bilan 2030 yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Bu transfer Hansi Flick boshchiligidagi yangi loyiha uchun nafaqat yetakchi, balki yosh futbolchilarga tayanch boʻladigan muhim figurali qadam sifatida baholanmoqda.
Taqdimot marosimida Rodri boshqa klublardan, jumladan Santiago Bernabeu tomonidan ham qiziqish boʻlganini yashirmadi. «Bu qiyin qaror edi. Avvalo, menga koʻp narsa bergan va baxtli damlarni ulashgan Sitini tark etish oson boʻlmadi. Ulardan ketishimni osonlashtirganliklari uchun minnatdorman», deya taʼkidladi futbolchi yangi jamoasidagi ilk soʻzlarida.






























Izohlar 0
…