Jamal Musiala oʻrtoqlik oʻyinida yana yerga qulab tushdi

Jamal Musiala Haydenhaymga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida zaxiradan maydonga tushganidan to'rt daqiqa o'tib, to'pdan uzoqda o'zini yomon his qilib, hushini yo'qotib yiqildi. Maydonga shifokorlar chaqirildi va futbolchi biroz dovdiragan bo'lsa-da, tibbiy xodimlar yordamida o'z oyoqlari bilan maydonni tark etdi. Bu holat Musialaning RB Leypsigga qarshi uchrashuvda gol urganidan keyin holsizlanganidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi.
Myunxenning Bavariya klubi yarim himoyachisi Jamal Musiala Haydenhaymga qarshi kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida kutilmaganda yana maydonda hushini yoʻqotib yiqilib tushdi. AS nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, bu tashvishli holat futbolchining yaqinda ogʻir jarohatdan fohig boʻlib safga qaytganidan keyin uning jismoniy holati borasida jiddiy savollarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Salomatlik bilan bogʻliq ketma-ket xavotirlar
Mazkur voqea futbolchi zaxiradan maydonga tushganidan atigi toʻrt daqiqa oʻtib sodir boʻlgan. Musiala 61-daqiqada oʻyinga qoʻshilgan, biroq koʻp oʻtmay toʻpdan uzoqda oʻzini yomon his qilib yiqilib tushgan va zudlik bilan maydonga shifokorlar chaqirilgan. Yakunda futbolchi biroz dovdirab qolgan boʻlsa-da, tibbiy xodimlar yordamida oʻz oyoqlari bilan maydonni tark etgan.Ushbu xavotirli holat oʻyin oldidan barcha tibbiy koʻriklardan muvaffaqiyatli oʻtganiga qaramamay sodir boʻldi. Bosh murriyb Vinsent Kompani futbolchining sogʻligʻida hech qanday jiddiy muammo aniqlanmagani hamda ob-havo sharoiti avvalgidek oʻta issiq boʻlmagani sababli unga oʻyin amaliyoti berishga qaror qilgan edi.
Biroq bu holat futbolchining RB Leypsigga qarshi kechgan uchrashuvdagi shunga oʻxshash voqeadan koʻp oʻtmay sodir boʻlgani muxlislar va mutasaddilarni qattiq tashvishga solmoqda. Oʻsha oʻyinda Musiala zaxiradan maydonga tushib gol urishga muvaffaq boʻlgan, shundan soʻng unda holsizlik kuzatilgan edi. Jamoadoshi Ismoil Saybari tezkorlik bilan harakat qilib, uning ogʻir yiqilishining oldini olgan.
Klub rasmiylarining munosabati va oldingi jarohatlar
Bild nashrining taxminiga koʻra, Myunxendagi yuqori harorat qon aylanishi bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqargan boʻlishi mumkin. Voqeadan soʻng Bavariya sport direktori Maks Eberl muxlislarni tinchlantirishga harakat qilib, eng muhimi futbolchining ahvoli yaxshiligini taʼkidlagan edi.Mazkur voqealar ketma-ketligi yarim himoyachi boshidan kechirgan ogʻir jarohatlar fonida yanada jiddiy ahamiyat kasb etmoqda. Musiala 2025-yilgi Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida boldir suyagi sinishi jarohatini olib, bir necha oy davomida yashil maydonlardan uzoqda qolgandi. Yanvar oyida safga qaytganiga qaramay, u oyoq toʻpigʻidagi bezovtalik sababli ham tibbiy shtab nazorati ostida alohida shugʻullanishga majbur boʻlgan edi.






























Izohlar 0
…