Senator Kris Merfi AQSH Erondagi urushda yutqazayotganini aytdi

Senator Kris Merfi AQSH Erondagi urushda yutqazayotganini aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Konnektikut shtatidan saylangan demokrat senator Kris Merfi AQSH Eron bilan urushda yutqazayotganini aytdi.
  • Uning ta'kidlashicha, Amerika qo'shinlari Eronning raketa va dron tahdidlarini bartaraf eta olmayapti, yadroviy dastur esa to'liq yo'q qilinmagan.
  • Merfi Eron Ho'րմuz bo'g'ozi ustidan nazoratni saqlab qolganini va mojaro boshlanishidan oldingidan kuchliroq pozitsiyada ekanini bildirdi.

AQSH siyosatida yana bir keskin bayonot yangradi. Konnektikut shtatidan saylangan demokrat senator Kris Merfi mamlakat rahbari Donald Trampning Eron bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qilgan chiqishiga munosabat bildirib, AQSHning harbiy harakatlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrayotganini ochiqchasiga tan oldi.

Senatorning fikricha, bu mojaro Vashington kutgan natijani bermayapti. Aksincha, vaziyat tobora murakkablashib, AQSH uchun salbiy oqibatlar keltirmoqda.

“Biz bu urushda yutqazyapmiz”, — deya keskin va aniq bayonot berdi Merfi. Uning taʼkidlashicha, Amerika qo‘shinlari Eronning harbiy salohiyatini to‘liq izdan chiqara olmayapti. Xususan, raketalar va dronlar tahdidi saqlanib qolmoqda, yadroviy dastur esa to‘liq yo‘q qilinmagan.

Senatorning so‘zlariga ko‘ra, Eron hatto mojaro boshlanishidan oldingi holatga nisbatan yana-da kuchliroq pozitsiyada namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, strategik jihatdan muhim hisoblangan Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratning saqlanib qolishi buni yaqqol isbotlaydi.

Merfi, shuningdek, AQSHning bu urushda katta resurslarni yo‘qotayotganini ham tanqid qildi. Uning fikricha, mamlakat milliardlab mablag‘larni sarflamoqda, ammo bu xarajatlar kutilgan natijani bermayapti.

“Bizda mavjud bo‘lmagan milliardlarni sarflayapmiz va amerikaliklarning hayotini xavf ostiga qo‘yyapmiz. Bu urush nafaqat dunyoni yana-da beqarorlashtiradi, balki AQSHni masʼuliyatsiz kuch sifatida ko‘rsatishi mumkin”, — dedi senator.

Ushbu bayonot AQSH siyosatidagi ichki qarashlar qanchalik turlicha ekanini yana bir bor namoyon qildi. Bir tomondan, rasmiy Vashington bosimni kuchaytirish tarafdori bo‘lsa, boshqa tomondan ayrim siyosatchilar bu yo‘lning oqibatlaridan jiddiy xavotir bildirmoqda.

Hozircha vaziyat qanday rivojlanishi noaniq. Ammo bir narsa aniq — bu mojaro faqat frontda emas, siyosiy maydonda ham qizg‘in bahslarga sabab bo‘lyapti.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar