6 888
Shvesiya polisiyasi Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi
Shvesiya polisiya boshqarmasi rahbari Dan Eliassonning ma’lum qilishicha, Stokgolmdagi teraktni amalga oshirish gumoni bilan haqiqatan ham 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda «Kommersant’»ga asoslanib "Sof.uz" xabar bermoqda.
SVT telekanali axborotiga ko‘ra, gumonlanuvchi «terrorchilik harakati yo‘li bilan qotillikni amalga oshirish»da ayblanmoqda.
Gumonlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olgani haqida avvalroq OAVda paydo bo‘lgan axborot yuzasidan Dan Eliasson izoh berishni istamadi. Bundan tashqari, polisiya vakili O‘zbekiston fuqarosining Shvesiyada yashash uchun ruxsatnomasi bor-yo‘qligiga ham aniqlik kiritmadi.
Dan Eliasson huquqni muhofaza qilish organlarining gumonlari juda jiddiy ekanini qayd etib o‘tdi. «Ayni vaqtda, biz bu ishga boshqa odamlar ham aralashganini istisno qila olmaymiz», — dedi u.
Shvesiya Xavfsizlik xizmati rahbari Andres Tornbergning ta’kidlashicha, qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi haqida bir yil avval ogohlantiruvchi ma’lumotlar olgan, biroq ularning ekstremizmga aloqasi yo‘q va «ikkinchi darajali masalalar» edi.
Polisiya qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosining ismi-sharifini ma’lum qilmagan. Shvesiya nashrlarining o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, uning Facebook’dagi sahifasidan IShID terrorchilik tashkilotining targ‘ibot materiallari topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi