Krishtianu Ronalduning qimmatbaho mashinalari bilan tushgan surati barchani diqqatini tortdi

Krishtianu Ronaldu qizil "Ferrari Monza SP2" va to‘q rangli "Bugatti Veyron" superkarlari oldida tushgan suratlarini ijtimoiy tarmoqda e'lon qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchining shaxsiy garajida 40 ga yaqin avtomobil bor. Kolleksiyadagi eng qimmat mashina dunyo bo‘yicha atigi 10 dona ishlab chiqarilgan, narxi taxminan 9 million dollarga baholanadigan "Bugatti Chentodiyechi" hisoblanadi.
Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqda qimmatbaho superkarlari oldida tushgan yangi suratlarini joyladi. Futbolchi oq ko‘ylak va jinsi shimda ko‘rinish bergan kadrlarda qizil "Ferrari Monza SP2" hamda to‘q rangli "Bugatti Veyron" ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronalduning shaxsiy garajida 40 ga yaqin avtomobil bor. Uning kolleksiyasidagi eng qimmat mashina "Bugatti Chentodiyechi" hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha atigi 10 dona ishlab chiqarilgan bu modelning narxi taxminan 9 million dollarga baholanadi.
Kolleksiyadan "Bugatti Shiron", "Ferrari Deytona SP3", "LaFerrari", "Maklaren Senna", "Lamborgini Aventador" va "Rolls-Roys Kullinan" ham o‘rin olgan.
Turli hisob-kitoblarda futbolchining avtomobillari umumiy qiymati 25–40 million dollar atrofida ekani aytilmoqda. Ronaldu barcha mashinalarining to‘liq ro‘yxatini ochiqlamagan.
































Izohlar 0
…