Xitoydagi qo‘rqinchli zinapoya sayyohlarni larzaga solmoqda

Xitoydagi qo‘rqinchli zinapoya sayyohlarni larzaga solmoqda

Xitoyning Hunan viloyatidagi eng qo‘rqinchli va bir vaqtning o‘zida hayratlanarli maskanlardan biri — osmon bag‘rida muallaq turgandek tuyuladigan ushbu zinapoyadir. Chjanjiajiye milliy o‘rmon parki hududida joylashgan bu yo‘lak 278 ta zina hamda bir nechta ingichka arqonlardan iborat.

Uning umumiy uzunligi 168 metrni tashkil etadi. Eng dahshatlisi esa — pastda qariyb 1,5 kilometr chuqurlikdagi jarlik mavjud. Kuchli shamollar esgan paytda konstruksiya yengil tebranib, har bir qadam sayyohning jasoratini jiddiy sinovdan o‘tkazadi.

Ko‘plab sayyohlar xavfsizlik arqonlariga mahkam yopishib harakatlansa, ayrimlar qo‘rquv sabab hatto emaklab chiqishga majbur bo‘ladi. Bu yo‘lni bosib o‘tish esa ba’zida bir necha soat davom etadi.

Ammo yuragi dov bermaydiganlar uchun ham qulay imkoniyat yaratilgan. Hududda joylashgan mashhur Baylun lifti — dunyodagi eng baland tashqi liftlardan biri bo‘lib, atigi ikki daqiqa ichida sayyohlarni 330 metr balandlikda joylashgan tog‘ cho‘qqisiga olib chiqadi. Lift Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan bo‘lib, u “ochiq havoda” joylashgan dunyodagi eng baland lift hisoblanadi.

Bu maskan nafaqat go‘zal manzaralari, balki adrenalin va hayajonga boy sinovlari bilan ham dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etishda davom etmoqda.

Xitoyning Chjanchzyatse tog‘laridagi ulkan Baylong lifti.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar