Arman Sarukyan qiz do‘stiga 400 ming dollarlik soat sovg‘a qildi (video)

UFC jangchisi Arman Sarukyan restoranda o'zining qiz do'stiga Richard Mille rusumli qo'l soatini sovg'a qildi. Ma'lum qilinishicha, mazkur hashamatli aksessuarning narxi taxminan 400 ming AQSH dollariga teng. Noyob dizayni va cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi bilan mashhur bo'lgan ushbu sovg'aning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
UFC jangchisi Arman Sarukyan yaqin insoniga qimmatbaho sovg‘a taqdim etib, muxlislar e’tiborini yana bir bor o‘ziga qaratdi.
Tarqalgan videoda sportchi restoranda qiz do‘stiga maxsus qutidagi Richard Mille rusumli qo‘l soatini sovg‘a qilayotgani aks etgan. Qizning soatni taqib ko‘rgach, xursand bo‘lgani va Sarukyanni quchoqlaganini ko‘rish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, mazkur hashamatli aksessuarning bahosi taxminan 400 ming AQSH dollariga teng. Richard Mille soatlari noyob dizayni, murakkab mexanizmi va cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishi bilan mashhur.
Ushbu lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar Sarukyanning saxiyligini olqishlagan bo‘lsa, boshqalar sovg‘aning ulkan qiymatiga e’tibor qaratdi.































Izohlar 0
…