To‘rtta oyoqli ayol: tarixdagi hayratlanarli haqiqat

Jozefina Mertl Korbin 1868 yilda AQSHda tibbiyot tarixida “dipig” deb nomlanuvchi noyob anomaliya bilan to‘rtta oyoq bo‘lib tug‘ilgan va bu holat chanoq hamda oyoqlarning egizak tarzda rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. U o‘rtadagi ikki kichik oyoq to‘liq rivojlanmagani sababli asosan tashqi ikkita baquvvat oyoq yordamida harakatlangan hamda noodatiy ko‘rinishi tufayli sirk tomoshalarida qatnashib mashhurlikka erishgan.
Ha, bu surat — haqiqat. Undagi ayol ham mutlaqo real shaxs. Jozefina Mertl Korbin 1868 yilda AQSHda tug‘ilgan bo‘lib, tibbiyot tarixida “dipig” (dipygus) deb ataluvchi noyob anomaliya bilan dunyoga kelgan eng mashhur insonlardan biri hisoblanadi.
Bu holatda chanoq va oyoqlar egizak tarzda rivojlanadi. Natijada Korbin to‘rtta oyoq bilan tug‘ilgan. Uning o‘rtadagi ikki kichik oyoqlari aslida to‘liq rivojlanmay qolgan egizakka tegishli bo‘lib, u asosan tashqi, baquvvat ikkita oyoq yordamida harakatlangan.
O‘zining noodatiy ko‘rinishi sababli Mertl Korbin mashhur sirk tomoshalarida ishtirok etib, katta shuhrat qozongan. Shunga qaramay, u oddiy hayot kechirgan: turmushga chiqqan, besh nafar sog‘lom farzandni dunyoga keltirgan.
U 1928 yilda, 59 yoshida vafot etgan. Ushbu surat esa sun’iy intellekt mahsuli emas, balki o‘sha davrga oid haqiqiy tarixiy arxiv fotosuratidir.































Izohlar 0
…