Nyu-Yorkda O‘zbekiston bayrog‘i tushirilgan poyezd ko‘pchilikni hayratga soldi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Nyu-York metrosidagi poyezdlardan biri O‘zbekiston mavzusida bezatilgani aks etgan videolar keng tarqalmoqda.
Kadrlarda poyezd tashqi qismida O‘zbekiston davlat bayrog‘i hamda milliy ramzlar ranglari — moviy, oq va yashil tuslarda ishlangan bezaklarni ko‘rish mumkin.
Mazkur noodatiy dizayn internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortib, ko‘plab ijobiy fikrlarga sabab bo‘ldi.
Ayniqsa, xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar dunyoning eng mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Nyu-Yorkda o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘rish ularga alohida faxr va quvonch bag‘ishlaganini yozishmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu lavha yuzasidan turli izohlar qoldirilmoqda. Ko‘pchilik buni O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi va tan olinayotganining yana bir yorqin ko‘rinishi sifatida baholamoqda.































Izohlar 0
…