Saudiya Arabistoniga tegishli “Saudi Aramco” vertolyoti daxshatli halokatga uchradi

Saudiya Arabistonining Ras-Tannura shahrida "Saudi Aramco" kompaniyasiga tegishli vertolyot qulashi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS mamlakat Energetika vazirligi bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 28 iyun kuni yuz bergan. Vertolyotda bo‘lganlarning birortasi tirik qolmagan. Qurbonlarning barchasi Saudiya Arabistoni fuqarolari ekani aytilmoqda.
Mamlakatning tegishli idoralari halokatga nima sabab bo‘lganini aniqlashga kirishgan. Tergov doirasida havo kemasining texnik holati va parvoz jarayoni o‘rganilishi kutilmoqda.
Ras-Tannura Saudiya Arabistonining asosiy neft sanoati hududlaridan biri hisoblanadi. Shaharda "Saudi Aramco"ning katta qayta ishlash korxonasi hamda dengiz orqali neft jo‘natishga mo‘ljallangan yirik terminal joylashgan.































Izohlar 0
…