Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord (video)

Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord (video)

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirokida o‘tayotgan 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqich o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa tashkilotchisi — FIFA guruh bosqichining eng chiroyli golini aniqlash uchun rasmiy so‘rovnoma boshlanganini e’lon qildi. Pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan va turnirni erta tark etgan yulduzlar orasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham bor!

Eng chiroyli gol muallifligiga 12 nomzod

FIFA ekspertlari tomonidan saralab olingan ro‘yxatdan dunyoning eng sara yulduzlari va kutilmagan kashfiyotlari joy olgan:

  • Eldor Shomurodov (O‘zbekiston)

  • Lionel Messi (Argentina)

  • Kilian Mbappe (Fransiya)

  • Vinisius Junior (Braziliya)

  • Jovanni Reyna (AQSH)

  • Ismoil Saybari (Marokash)

  • Feliks Nmecha (Germaniya)

  • Elaydja Jast (Yangi Zelandiya)

  • Kevin Pina (Kabo-Verde)

  • Karim Alaybegovich (Bosniya va Gersegovina)

  • Uilson Isidor (Gaiti)

  • Daizen Maeda (Yaponiya)

Shomurodovning goli — Jahon chempionatlari tarixidagi noyob rekord!

Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli nafaqat chiroyli, balki mundiallar tarixiga kiradigan darajada noodatiy bo‘lib chiqdi.

Mashhur OptaJose tadqiqot markazining tahlillariga ko‘ra, Eldorning zarbasi kutilgan gollar (xG — zarbaning golga aylanish ehtimolligi) ko‘rsatkichi bo‘yicha atigi 0,013 ni tashkil etgan. Bu degani — bunday nuqta va vaziyatdan berilgan 1000 ta zarbadan faqat 13 tasi gol bilan tugashi mumkin. Ushbu ko‘rsatkich JCH-2026 turnirida rekord natija sifatida qayd etildi!

Ovoz berish qanday o‘tadi?

Eng yaxshi gol egasini aniqlash to‘liq futbol ixlosmandlarining ixtiyoriga berilgan. Muxlislar FIFAning rasmiy saytidagi FIFAWorldCup bo‘limi orqali nomzodlarning gollarini videorolikda tomosha qilishlari va o‘zlariga ma’qul kelgan ijro uchun ovoz berishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni FIFA rasmiy platformasida bor-yo‘g‘i 48 soat davom etadi. Shundan so‘ng, ovozlar hisoblab chiqilib, guruh bosqichining eng chiroyli goli g‘olibi rasman e’lon qilinadi. Milliy jamoamiz sardorini qo‘llab-quvvatlash va tarixiy ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar