Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari rasman boshlandi

Eronning sobiq oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy bilan vidolashuv marosimlari rasman boshlandi. Dastlabki tadbirlar mamlakat poytaxti Tehron shahrida o‘tkazilmoqda.
Bu haqda RBK ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, motam tadbirlari 4–9 iyul kunlari davom etib, Eronning bir nechta shaharlarida tashkil etiladi. Marosimlarda dunyoning turli mamlakatlaridan 100 ga yaqin rasmiy delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Rejaga ko‘ra, 4–6 iyul kunlari Tehronda vidolashuv va dafn marosimlari o‘tkaziladi. 7 iyul kuni Qum shahrida motam yurishi bo‘lib o‘tishi belgilangan. Shundan so‘ng, 8 iyul kuni marhumning jasadi Iroq hududiga olib boriladi, 9 iyul kuni esa Mashhad shahrida so‘nggi manzilga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 86 yoshli Oyatulloh Ali Xomanaiy joriy yilning 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan uyushtirilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.































Izohlar 0
…