Qashqadaryoda ayolning kaltaklangani aks etgan video tarqaldi

Qashqadaryo viloyatida ayolning kaltaklangani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, Qarshi shahrining Cho‘lquvar mahallasida istiqomat qiluvchi ayol sobiq turmush o‘rtog‘i tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklangan. Aytilishicha, bu ayolga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq holat avval ham sodir bo‘lgan va ular qariyb bir yildan beri birga yashamaydi.
Shuningdek, gumon qilinayotgan shaxs ayolni kaltaklagach, uning telefonini hamda 5 million so‘m miqdoridagi pulini olib ketgani haqida xabarlar tarqalgan.
Hozircha mazkur holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rasmiy ma’lumot yoki izoh berilmagan. Voqeaning tafsilotlari hamda unga huquqiy baho berilishi hozircha noma’lum.






























Izohlar 0
…