AQSh harbiylari kosmosda sunʼiy intellekt boshqaruvini sinovdan oʻtkazdi

AQSh Harbiy-havo kuchlarining tadqiqot laboratoriyasi (Air Force Research Laboratory — AFRL) tarixda ilk bor orbital apparatni sun'iy neyron tarmoq yordamida bevosita kosmosda boshqarishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Tajriba davomida mashinali o'qitish algoritmi apparatning orientatsiyasi, energiya ta'minoti, aloqa va termoregulatsiyasini nazorat qilib, sensor ma'lumotlarini mustaqil tahlil qildi hamda real vaqt rejimida qarorlar qabul qildi.
AQSh Harbiy-havo kuchlarining tadqiqot laboratoriyasi (Air Force Research Laboratory — AFRL) tariximizda ilk bor orbital apparatni sunʼiy neyron tarmoq yordamida bevosita kosmosda boshqarish amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Mazkur texnologiya kelajakdagi fazoviy missiyalar uchun muhim qadam boʻlib, sunʼiy intellekt Yer bilan aloqa uzilganda ham sunʼiy yoʻldoshlarning barqaror ishlashini taʼminlashi mumkin. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, tajriba davomida mashinali oʻqitish algoritmi kosmik apparat platformasini toʻliq nazoratga olgan. Ushbu tizim kosmik qurilmaning orientatsiyasi, energiya taʼminoti, aloqa hamda termoregulatsiya kabi muhim vazifalarini bajarib, sensorlardan kelayotgan maʼlumotlarni mustaqil tahlil qilgan va real vaqt rejimida qarorlar qabul qilgan.
Mustaqil qarorlar va moslashuvchanlik
Anʼanaviy bort dasturiy taʼminotidan farqli oʻlaroq, neyrotarmoq oldindan belgilab qoʻyilgan qatʼiy qoidalarga tayanmagan. U boshqaruv jarayonini apparatning joriy holatiga moslashtirgan va Yer tomonidan doimiy nazorat talab etilmagan. Bu kosmik missiyalar uchun oʻta qulay hisoblanadi, chunki aloqa kechikishlari, cheklangan hisoblash resurslari va nurlanish taʼsiri sunʼiy yoʻldoshlardan tezkor qaror qabul qilishni talab qiladi.AFRL maʼlumotlariga koʻra, mazkur ilgʻor yechim avtonom kosmik tizimlarni yaratish dasturining asosiy qismi hisoblanadi. Kelgusida sunʼiy yoʻldoshlar sonining ortishi va radioelektron taʼsir vositalarining koʻpayishi Yer bilan aloqa markazlari yoʻqolgan taqdirda ham orbital guruhlarning ish qobiliyatini saqlab qolishni taqozo etadi.
Kelajakdagi orbital guruhlar istiqboli
Mutaxassislarning fikricha, kichik miqyosdagi murakkab qurilmalar oʻrniga vazifalarni birgalikda bajaruvchi, funksiyalarni qayta taqsimlovchi va operatorlar ishtirokisiz tahdidlarga moslashuvchi yirik sunʼiy yoʻldosh tarmoqlaridan foydalanish koʻzda tutilmoqda. Neyrotarmoq orqali boshqaruv apparatlarning xizmat muddatini uzaytirish, yonilgʻi sarfini kamaytirish va alohida tizimlar ishdan chiqqanda ham umumiy barqarorlikni saqlab qolish imkonini beradi.Hozirgi kunda bunday texnologiyalar nafaqat harbiylar, balki tijorat yoʻldoshlari operatorlari tomonidan ham orbital guruhlarni avtomatlashtirish uchun oʻrganilmoqda. Shuningdek, ular signal kechikishlari sababli Yer tomonidan doimiy boshqarish imkonsiz boʻlgan olis kosmik missiyalar uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.






























Izohlar 0
…