Anders Limpar Mikel Artetaning Arsenalldagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Anders Limpar Mikel Arteta uchun Arsenalni tark etib, Barselona yoki Manchester Siti klubiga o'tish mantiqsiz ekanini aytdi. Uning fikricha, London klubi transfer bozorida eng sara futbolchilarni jalb qilish imkoniyatiga ega va to'rtta musobaqada da'vogar sifatida kurashmoqda. Limpar Arsenal hozirda Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri ekanini, rahbariyat esa Artetaning transfer talablarini qo'llab-quvvatlab kelayotganini ta'kidladi.
Arsenal jamoasining sobiq yarim himoyachisi Anders Limpar Mikel Arteta hech qachon Barselona yoki Manchester Siti klublari uchun oʻz jamoasini tark etmasligiga ishonch bildirmoqda. SveaCasino nashriga bergan intervyusida shvetsiyalik sobiq futbolchi London klubining hozirgi mavqei va sharoitlari mutaxassis uchun Yevropadagi eng maqbul variant ekanini taʼkidladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Limparning fikricha, jamoa transfer bozorida eng sara oʻyinchilarni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatiga ega va toʻrtta musobaqada birdek daʼvogar sifatida kurash olib bormoqda. Uning taʼkidlashicha, hozirda London klubi Yevropaning eng kuchli jamoalari qatoridan joy olgan va transfer bozorida ulkan nufuzga ega.
Arsenal yetakchiligi va Arteta uchun qulay sharoitlar
Sobiq futbolchi Mikel Arteta uchun boshqa top-klublarga oʻtishda mantiq yoʻqligini, sababi u yerda bundan yaxshiroq sharoit topa olmasligini aytdi. Arsenal rahbariyati har doim murabbiyning transfer borasidagi talablarini qoʻllab-quvvatlab kelmoqda va jamoaga eng kuchli futbolchilarni olib bermoqda.Limparning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda dunyoning eng yaxshi oʻyinchilari aynan Arsenalga oʻlishni xohlamoqda. Jamoaning Angliya Premyer-ligasi va boshqa musobaqalardagi muvaffaqiyatlari futbolchilar uchun jozibador boʻlib qolgan. U shuningdek, shunchaki yaxshi darajadagi oʻyinchi klub talablariga javob bermasligini, bu yerda faqat jahon darajasidagi futbolchilar toʻp surishini qoʻshimcha qildi.
Yulduzli tarkibni boshqarishdagi qiyinchiliklar
Shu bilan birga, Anders Limpar shunchalik kuchli va yulduzlarga boy tarkibni boshqarish Mikel Arteta uchun faoliyatidagi eng ogʻin sinovga aylanishi mumkinligidan ogohlantirdi. Uning tushuntirishicha, kuchli jamoaga ega boʻlish uchun nafaqat asosiy tarkibda, balki zaxirada ham jahon darajasidagi futbolchilar yetarli boʻlishi kerak.Aynan zaxirada qoladigan yoki maydonga tushmaydigan yulduz futbolchilarning kayfiyatini tushurmaslik va ularni motivatsiya qilib turish har qanday murabbiy uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. Xuddi shunday qiyinchiliklarni avvalroq Pep Gvardiola va Yurgen Klopp ham boshdan kechirgan boʻlib, endi Arteta ham asl murabbiylik mahoratini namoyon etishi lozim boʻladi.






























Izohlar 0
…