Mast ayol 3 yoshli qizini 10-qavatdan uloqtirib yubordi

Mast ayol 3 yoshli qizini 10-qavatdan uloqtirib yubordi

Rossiyada 27 yoshli Anna Obrazsova mast holda 3 yoshli qizini 10-qavatdan uloqtirib yuborganlikda gumonlanmoqda

Hodisa 10 avgust kuni kechasi Sergiyev Posad shahrida sodir bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol ikki nafar farzandi bilan xonadonda bo‘lgan. U mast holatda qizini balkon panjarasidan oshirib pastga uloqtirgan. Qizcha 10-qavatdan qulab, turli darajadagi og‘ir tan jarohatlarini olgan.

Qizchaning omon qolishiga uning do‘kon peshayvoniga tushgani sabab bo‘lgan. U og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan va reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Keyinchalik OAV qizchaning hushiga kelgani va ahvolida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganini xabar qilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ayol so‘roq vaqtida aybini tan olgan, ammo nima sababdan bunday ish qilganini tushuntira olmagan. Unga voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirishga suiqasd qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

12 avgust kuni Sergiyev Posad shahar sudi ayolni hibsga olgan. U 2026 yil 10 oktyabrga qadar qamoqda saqlanishi belgilangan. Ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar