Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi

Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimi boshlandi.
Tadbirda davlat rahbari yig‘ilganlarni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Prezident o‘z nutqida 35 yil tarix uchun qisqa davr ekanini, biroq bu vaqt mobaynida erishilgan natijalar ko‘lami va ahamiyati asrlarga tatigulik ekanini ta’kidladi.
«35 yil – tarix uchun juda qisqa davr. Lekin ortda qolayotgan yillar o‘zining ko‘lami, yutuq va natijalari asrga tatigulik davr bo‘ldi, desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari mamlakatdagi yangilanish va o‘zgarishlarning asosiy yaratuvchisi mehnatkash, fidoyi va olijanob o‘zbek xalqi ekanini qayd etdi.
Shuningdek, mustaqillikning qadri yurt farovonligi uchun mehnat qilayotgan insonlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘layotgani ta’kidlandi. Jumladan, qishloqlarda rizq-ro‘z yaratayotgan fermer va dehqonlar, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berayotgan ustozlar, inson hayotini asrash uchun xizmat qilayotgan shifokorlar mehnatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Prezident mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olimlar, yangi korxonalar barpo etayotgan sanoatchi va tadbirkorlar, shahar va qishloqlarni obod qilayotgan quruvchi hamda arxitektorlarning xizmatlarini ham e’tirof etdi.
Ma’lumot uchun, 26 avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimi o‘tkazilmoqda.






























Izohlar 0
…