Pokistondagi shifoxona yong‘inida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Pokistondagi shifoxona yong‘inida 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Pokiston poytaxti Islomoboddagi davlat shifoxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 14 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Fojia 26 avgust kuni ertalab soat taxminan 07:00 da Pokiston tibbiyot fanlari instituti (PIMS)ning Ona va bola salomatligi bo‘limida yuz bergan. Yong‘in shifoxonaning uchinchi qavatidagi ginekologiya bo‘limida joylashgan chaqaloqlar palatasida boshlangan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in vaqtida palatada 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq bo‘lgan. Ulardan faqat bir nafari qutqarilgan. Qolgan 14 nafar chaqaloq vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarda yong‘inga konditsioner qurilmasidagi nosozlik yoki qisqa tutashuv sabab bo‘lgani aytilmoqda. Biroq hodisaning aniq sababi tekshiruv yakunlaridan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi chaqiruv soat 06:54 da qabul qilingan. Oltita o‘t o‘chirish mashinasi va to‘rtta tez yordam ekipaji voqea joyiga jalb etilgan. Yong‘in qisqa vaqt ichida nazoratga olingan.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif voqea yuzasidan zudlik bilan tergov o‘tkazishni buyurgan. U mas’ul shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qat’iy chora ko‘rilishini bildirgan. Hodisa bo‘yicha maxsus tekshiruv komissiyasi ham tuzilgan.

Hozirda shifoxona hududi o‘rab olingan, hodisaning kelib chiqish sabablari va xavfsizlik choralariga rioya qilingan-qilinmagani tekshirilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar