Ilhom Farmonov rafiqasiga unutilmas sovg‘a qildi

Ilhom Farmonov rafiqasiga unutilmas sovg‘a qildi

San’atkor Ilhom Farmonov xonadonida quvonchli kun bo‘lib o‘tdi. Xonandaning rafiqasi Nilufar Farmonova tavallud ayyomini nishonladi. Shu munosabat bilan Ilhom Farmonov turmush o‘rtog‘i uchun o‘ziga xos va unutilmas syurpriz tayyorladi.

San’atkor rafiqasini xursand qilish maqsadida unga yangi avtomobil sovg‘a qildi. Bu kutilmagan sovg‘a bayram ishtirokchilarida ham katta taassurot qoldirdi.

Tug‘ilgan kun munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda san’atkorning yaqinlari bilan birga taniqli san’at namoyandalari ham mehmon bo‘ldi. Bayramona davrada iliq tilaklar, samimiy suhbatlar va ko‘tarinki kayfiyat hukm surdi.

Ilhom Farmonovning rafiqasiga qilgan sovg‘asi ijtimoiy tarmoqlarda ham e’tibor qozondi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar