Toshkentda marhum Islom Karimovga o‘xshash erkak uchradi (video)

Toshkentda bloger O‘zbekistonning marhum birinchi prezidenti Islom Karimovga juda o‘xshash erkakni uchratib qoldi.
Uning surati va videosi ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi.
Ko‘pchilik erkakning yuz qiyofasi, soch turmagi va tashqi ko‘rinishi Islom Karimovni eslatishini ta’kidlamoqda.
Ayrimlar esa uning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki muomalasi va gapirish uslubida ham birinchi prezidentga o‘xshashlik borligini yozgan.
Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda turli hazil va qiziqarli fikrlarga ham sabab bo‘ldi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, u haqiqatan ham marhum Islom Karimovga o‘xshaydimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…