Nasiba Abdullayeva "Bari gal" qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan tojikistonlk qizaloqni ko‘rgani bordi (video)

Nasiba Abdullayeva "Bari gal" qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan tojikistonlk qizaloqni ko‘rgani bordi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva ijtimoiy tarmoqlarda keng tanilgan tojikistonlik qizaloq Vaslidani ko‘rish uchun Tojikistonga bordi.

Vaslida ijro etgan «Bari gal» qo‘shig‘i tushirilgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez ommalashib, ko‘plab foydalanuvchilar e’tiborini tortgan edi. Qizaloqning taqdiri mashhur xonandada ham katta qiziqish uyg‘otgan.

Mahalliy manbalar xabar berishicha, Nasiba Abdullayeva 24 avgust kuni Tojikistonning Sug‘d viloyatidagi Zarnisor shaharchasiga borib, Vaslida va uning oila a’zolari bilan uchrashgan.

Uchrashuv davomida xonanda qizaloqning sog‘lig‘i, ehtiyojlari va unga qanday yordam ko‘rsatish mumkinligi bilan qiziqqan. Tashrif aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Nasiba Abdullayevaning bu tashabbusini iliq kutib olib, uning e’tibori va insonparvarligini olqishlamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar