Amerikalik erkak soqoliga minglab buyum joylab rekord o‘rnatdi

Ayrimlar soqolini parvarish qilish uchun turli vositalardan foydalanadi. Amerikalik Joel Strasser esa qalin soqolini butunlay boshqacha maqsadda ishlatadi — unga minglab buyumlarni joylashtirib, jahon rekordlarini o‘rnatadi.
AQSHlik rekordchi o‘zining ulkan va qalin soqoli tufayli bir necha bor «Guinness World Records» sahifalariga kirgan. Uning eng hayratlanarli natijalaridan biri — soqoliga 3500 ta tishkovlagich joylashtirgani bo‘ldi. Bu rekord 2018 yilda qayd etilgan.

Joel bu bilan to‘xtab qolmadi. U 2022 yilda soqoliga 710 ta archa bezagini qistirib, yana bir jahon rekordini o‘rnatdi. Buning uchun unga bir necha soat davomida katta sabr va aniqlik bilan harakat qilishga to‘g‘ri kelgan.

Uning soqoliga joylashtirgan buyumlari orasida cho‘plar, golf uchun mixchalar, qog‘oz naychalar, vilka va hatto qalamlar ham bor. Masalan, Strasser bir vaqtning o‘zida soqoliga 456 ta qalam joylashtirishga ham muvaffaq bo‘lgan.






























Izohlar 0
…