Amerikalik erkak 1262 ta Pringles qutisini yig‘ib rekord o‘rnatdi

Kimdir chipsni sotib olib, yeb bo‘lgach qutisini tashlab yuboradi. Amerikalik Sonni Molina esa aksincha, bu qutilarni yig‘ib, ulardan butun boshli g‘ayrioddiy kolleksiya yaratdi.
AQSHlik kolleksioner dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan 1262 ta turli Pringles qutilarini jamlab, jahon rekordini o‘rnatdi. Uning natijasi 2025 yil 9 aprel kuni rasman qayd etilgan.

Sonnining kolleksiyasi oddiy chips qutilaridan iborat emas. Ular orasida turli mamlakatlarda sotilgan, tashqi ko‘rinishi va ta’mlari bilan bir-biridan farq qiladigan Pringles qutilari bor. Ularning har biri turli hududlar va yillarda chiqarilgan mahsulotlar bilan bog‘liq.
Eng qadrli quti onasini eslatadi
Sonni Molina uchun kolleksiyadagi eng qimmatli qutilardan biri — 1980-yillarga oid eski sariq rangli Pringles qutisi. Uning aytishicha, bu quti bolaligida onasi olib bergan Pringles'ni eslatadi. Shu sababli mazkur buyum u uchun oddiy kolleksiya emas, balki bolalik xotiralari bilan bog‘liq qimmatli esdalik hisoblanadi.

Biroq Pringles qutilari Sonnining yagona qiziqishi emas. U turli noodatiy buyumlarni yig‘ish bo‘yicha ham bir nechta jahon rekordlariga ega. Uning uyida miniatyura skeytbordlar, barmoq qo‘g‘irchoqlari, tuz va murch paketchalari hamda boshqa g‘ayrioddiy kolleksiyalar jamlangan.






























Izohlar 0
…