Xiaomi Redmi Note 17 Pro Max smartfoni 10 000 mAch batareya bilan sinovdan oʻtdi

Taniqli ixbt.com nashri xabar qilishicha, yaqindagina taqdim etilgan Xiaomi Redmi Note 17 Pro Max smartfoni ilk sinovlardan oʻtdi va uning batareya quvvati boʻyicha natijalari eʼlon qilindi. Model oʻzining ulkan akkumulyatori bilan eʼtiborni tortgan boʻlsa-da, avtonomlik borasida biroz kutilmagan natijalarni koʻrsatdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, yangi qurilma versiyasiga koʻra 10 000 mAch yoki 9210 mAch sigʻimli batareya bilan jihozlanadi. Mutaxassislar sinov jarayonida aynan eng yirik akkumulyatorga ega versiyani sinovdan oʻtkazishdi va natijalar texnologiya ixlosmandlarida turli muhokamalarni keltirib chiqardi.
Avtonomlik va quvvat olish imkoniyatlari
GSM Arena nashri oʻtkazgan test sinovlarida Redmi Note 17 Pro Max modeli 22 soatu 31 daqiqa davomida faol ishlashga qodirligini koʻrsatdi. Bu oʻz-oʻzidan juda yuqori natija hisoblansa-da, smartfon bozordagi baʼzi raqiblaridan ortda qoldi.Xususan, undan kichikroq — 8500 mAch sigʻimli akkumulyatorga ega boʻlgan Poco X8 Pro Max modeli avvalgi sinovlarda 25 soatu 21 daqiqa natija koʻrsatib, yirikroq batareyali yangi flagmanni ortda qoldirgandi. Shunga qaramay, Xiaomi Redmi Note 17 Pro Max ham kundalik foydalanish uchun oʻta chidamli ekanini amalda isbotladi.
Jumladan, qurilma qoʻngʻiroqlar rejimida 64 soatdan ortiq, uzluksiz ravishda kino tomosha qilish jarayonida esa qariyb 38 soat davomida quvvatni saqlab tura oladi. Shuningdek, 100 W quvvat olish texnologiyasi evaziga batareyani bor-yoʻgʻi yarim soatda 52 foizga, toʻliq quvvatga esa atigi bir soatda toʻldirish mumkin.
Qurilmaning asosiy xususiyatlari va kamchiliklari
Mutaxassislar smartfonning boshqa jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratishdi. Xususan, yuqori narxga nisbatan unumdorlik biroz vazmin ekani, ekran sifati esa yuqori darajada ekani taʼkidlandi.Shuningdek, foto va video tasvirga olish sifati budjet darajasidagi datchiklarga qaramay yaxshi chiqishi qayd etildi. Biroq qurilmaning ogʻirligi 230 grammni tashkil etishi baʼzi foydalanuvchilar uchun noqulaylik tugʻdirishi mumkin — gigant akkumulyator smartfonni sezilarli darajada ogʻirlashtirgan.






























Izohlar 0
…