Muzqaymoq ta’mli banan: ko‘k rangli noyob meva haqida ajoyib ma’lumot!

Dunyo1 daqiqa o'qish20.7K
Muzqaymoq ta’mli banan: ko‘k rangli noyob meva haqida ajoyib ma’lumot!

Oddiy banandan farqli o‘laroq, Blue Java Banana o‘zining kumushrang-ko‘k po‘stlog‘i va g‘ayrioddiy ta’mi bilan e’tibor tortadi. Eng qizig‘i, bu mevaning ta’mi ko‘pchilikka vanilli muzqaymoqni eslatadi. Shu sababli u “Muzqaymoq banan” nomi bilan ham mashhur.

Blue Java Banana — Musa acuminata va Musa balbisiana turlarining gibridi. Pishmagan paytida po‘stlog‘i o‘ziga xos kumushrang-ko‘k tusga ega bo‘ladi.

Meva pishib yetilgach esa uning rangi asta-sekin sarg‘ayadi.

Bu bananning eng katta qiziqishi faqat tashqi ko‘rinishida emas. Uning ichi oddiy bananga qaraganda yumshoqroq va kremliroq bo‘ladi.

Yengil vanil aromati va shirin ta’mi sabab ko‘pchilik uni muzqaymoqqa o‘xshatadi.

Shu xususiyati tufayli Blue Java Banana ayniqsa sut mahsulotlarini iste’mol qilmaydiganlar orasida qiziqish uyg‘otgan. Blue Java Banana tropik hududlarda, jumladan Gavayi, Filippin, Fiji va Markaziy Amerikaning ayrim mintaqalarida yetishtiriladi.

U boshqa banan navlariga qaraganda sovuqqa chidamliroq bo‘lib, turli iqlim sharoitlariga moslasha olishi bilan ham ajralib turadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?