Rossiyada savdo markazida yong‘in chiqdi: odamlar derazadan sakradi

Rossiyada savdo markazida yong‘in chiqdi: odamlar derazadan sakradi

Rossiyaning Sterlitamak shahridagi mashhur “Solnechniy” savdo-xizmat ko‘rsatish majmuasida 22 sentyabr kuni kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlangan.

Yong‘in g‘ishtdan qurilgan to‘rt qavatli binoda yuz bergan. Majmua hududidan 17 kishi evakuatsiya qilingan.

Guvohlarning aytishicha, yong‘in vaqtida bino ichida kuchli tutun paydo bo‘lgan. Ayrim odamlar qutulish uchun yuqori qavatlardan deraza orqali chiqishga majbur bo‘lgan. Ularni ko‘chadagi fuqarolar va savdo majmuasi xodimlari qutqarishga harakat qilgan.

Halok bo‘lganlar orasida bir oiladan uch opa-singil borligi xabar qilindi. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir.

Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxslar harakatlari tekshirilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar