Vafot etgan 70 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Foydalanuvchi o‘zbek tilida lotin yozuvida, faqat berilgan matndagi faktlardan foydalanib, yangilik mohiyatini 3-4 to‘liq jumla bilan xulosa qilishni so‘rayapti.
- Qoidalar: 1-jumla eng muhim fakt, sarlavhani so‘zma-so‘z takrorlamaslik, klikbeyt/savol/“ushbu maqolada” kirish so‘zlari bo‘lmasligi, raqam va ismlarni aynan saqlash, faqat xulosa matnini qaytarish.
Xitoyda saraton va bosh miya trombozidan vafot etgan 70 yoshli ayol o‘limidan bir kun o‘tib, sovutkichli tobutda yotgan holda hushiga keldi. Kutilmagan holat ayolning yaqinlari orasida katta sarosima uyg‘otgan. Bu haqda “The Paper” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, oila a’zolari ayolning vafotini rasmiy qayd etgach, uni maxsus sovutkichli tobutga joylashtirgan. Biroq 9 sentyabr kuni kechqurun marhumaning kelini tobut ichidan kelayotgan kuchsiz ingrash ovozini eshitib qolgan.
Shundan so‘ng ayol zudlik bilan tobutdan chiqarib olingan. Oradan ikki kun o‘tib, 11 sentyabr kuni oilaning barcha yaqinlari xonadonga yig‘ilgan paytda, pensioner ayol qisman hushiga kelib, ko‘zlarini ochgan.
Shu bilan birga, uning umumiy ahvoli og‘irligicha qolgan. Ayol mustaqil ravishda suv ichish va ovqatlanish imkoniga ega bo‘lmagan. Kechga borib esa uning ahvoli yana yomonlashgan va ayol o‘sha kuni vafot etgan. U 13 sentyabr kuni dafn qilingan.
Mazkur voqea oila a’zolaridan biri tomonidan ommaga ma’lum qilinganidan keyin Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Ayrim internet foydalanuvchilari hodisaning haqiqiy ekaniga shubha bildirgan.
Biroq voqea haqida xabar bergan shaxs yaqin insonning o‘limi bilan bog‘liq bunday tafsilotlarni hech kim shunchaki o‘ylab topmasligini ta’kidlagan. Shuningdek, ayolning qarindoshlari aytgan ma’lumotlar mahalliy aholi va qishloq mulozimi tomonidan ham tasdiqlangan.
Qishloq mulozimi tobutning chuqur muzlatish rejimida emas, balki yengil sovutish rejimida ishlaganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, aynan shu holat ayolning hayoti saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shifokorlar esa mazkur hodisani “soxta o‘lim” holati bilan izohlagan. Bunday vaziyatda inson organizmidagi metabolizm, ya’ni moddalar almashinuvi keskin darajada sekinlashadi. Natijada nafas olish va puls deyarli sezilmaydigan holatga kelishi mumkin.
Bemor esa o‘lim bilan adashtirish oson bo‘lgan chuqur koma holatiga tushadi. Shu sababli mutaxassislar inson vafot etganini rasmiy qayd etishda har doim qat’iy va professional tibbiy mezonlarga amal qilish zarurligini ta’kidlaydi.






























Izohlar 0
…