
Chimkent shahridagi neft omborida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulotda vaziyatlar departamenti ma’lum qildi.
Yong‘in bugun ertalab, tahminan sakkizlarda «PetroKazaxstan Oyl Prodakts» korxonasi hududida yuz berdi, deya xabar tarqatdi Janubiy Qozog‘iston viloyat FV departamenti.
Departament matbuot kotibi Zaripa Turlibekovaning ma’lum qilishicha, alangani o‘chirishga 200 ga yaqin kishi jalb qilindi, ammo yong‘in hozircha bartaraf etilmadi. Uning aytishicha, favqulotda hodisa joyiga maxsus poezd yuborildi.
— Hodisa joyida jarohat olgan korxonaning 46 yoshli xodimi vafot etdi, — dedi Zaripa Turlibekova. Uning so‘zlariga qaraganda, yong‘in neft rezervuarida kelib chiqqan. Departament vakilining aytishicha, omborda AI-92 markadagi benzin zahirasi saqlanardi.
Ayni damda yong‘inning qo‘shni rezervuarlarga tarqalish xavfi bor, yong‘in sabablari o‘rganilmoqda, dedi Zaripa Turlibekova. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar