Adidas mushuk va kuchuklar uchun qishki kiyimlar kolleksiyasini taqdim etdi (foto)

Adidas Originals 2026 yilgi qish mavsumi uchun mushuk va kuchuklarga mo‘ljallangan yangi kiyimlar kolleksiyasini chiqardi. Kolleksiya 10 oktyabrdan AQSHdagi rasmiy onlayn do‘konda sotuvga qo‘yilgan.
Yangi kiyimlar brendning mashhur uch chiziqli dizayni va Trefoil logotipi bilan bezatilgan. Kolleksiyadan issiq, to‘ldirmali jiletlar hamda kapyushonli to‘qima xudilar o‘rin olgan.
Mahsulotlar narxi kiyim turiga qarab 55–80 dollar etib belgilangan. Shuningdek, Adidas uy hayvonlari uchun boshqa kiyim va aksessuarlarni ham taklif qilmoqda.

































Izohlar 0
…