Ummonda pushti rangli delfinlar ko‘rindi (video)

Ummonda pushti rangli delfinlar ko‘rindi (video)

Ummon poytaxti Maskat yaqinidagi Qantob sohilida pushti rangda ko‘ringan delfinlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. G‘ayrioddiy manzarani sohilda dam olayotgan odamlar tasvirga olgan. Bu haqda Insider Paper xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, delfinlar 15 oktyabr kuni qirg‘oq yaqinida suzib, bir necha bor suv yuzasiga chiqqan. Ularning noodatiy rangi internet foydalanuvchilarining qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Hozircha videoda aks etgan delfinlarning qaysi turga mansubligi aniq tasdiqlanmagan. Ayrim taxminlarda ular Risso delfinlari yoki Hind-Tinch okeani bukri delfinlari bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Biroq tasvirning o‘zi orqali ularning turini ishonchli aniqlash qiyin.

Delfinlarning pushti tusda ko‘rinishiga teri pigmentatsiyasidagi farqlar, qon tomirlarining ko‘rinishi yoki yorug‘lik ta’siri sabab bo‘lishi mumkin. Ammo aynan ushbu delfinlarning rangi nima sababdan shunday ko‘ringani hozircha noma’lum.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar