10:13 / 26.07.2017
4 945

Qozog‘istonda 6,5 ming km avtoyo‘lni pulli qilish rejalashtirilmoqda

Qozog‘istonda 6,5 ming km avtoyo‘lni pulli qilish rejalashtirilmoqda
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida Aqto‘be—Uralsk—Rossiya chegarasi va Rossiya chegarasi—Aqto‘be—Qizilo‘rda yo‘llari pulli bo‘ladi, Bu haqda «1news.uz»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

2017 yilning ikkinchi yarmida Olmaota—Xorgos avtoyo‘lida tizimni montaj qilish rejalashtirilmoqda, bu yil oxiriga kelib, yo‘lning ushbu qismlarida haq to‘lash tizimini ishga tushirish imkonini beradi. Bu haqda investisiyalar va taraqqiyot vaziri Jenis Kasimbek Qozog‘iston hukumati majlisi chog‘ida aytib o‘tdi.

«Bu yil biz Ostona—Temirtau (132 km) va Olmaota—Kapshagay (42 km) avtoyo‘llarida haq undirish tizimini montaj qilishga kirishdik. Shuningdek, ikkinchi yarim yillikda Olmaota—Xorgos (295 km) avtoyo‘lida tizimni montaj qilishni boshlashni rejalashtirmoqdamiz. Yil oxiriga kelib, ushbu qismlarda tizimni ishga tushirmoqchimiz», — dedi vazir.

Shu bilan birga, yil so‘ngigacha 5,5 ming km avtomobil yo‘lida pulli tizimni joriy qilish loyihasini ishlab chiqishni yakunlash ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda 6,5 ming km avtoyo‘lni pulli qilish rejalashtirilmoqda