IShID terrorchilik guruhi bugungi kunda AQShga tahdid solayotgan “asosiy terrorchilik xavfi” hisoblanadi. Bu haqda Federal qidiruvlar byurosi (FQB) rahbari Kristofer Rey AQSh kongressidagi chiqishida ma’lum qildi.
“FQB IShID va AQShdagi ekstremistlarni AQShning xavfsizligiga tahdid soluvchi bosh terrorchilik xavfi deb hisoblaydi”, deb aytgan FQB rahbari.
Reyning tushuntirishicha, IShID jangarilari o‘z safiga yangi a’zolarni jalb qilgan holda, o‘zining adovatga to‘la qarashlarini targ‘ib qiladi. U, shuningdek, terrorchilik guruhining yangi a’zolarni yollashi haqida so‘zlab berdi. Reyning ta’kidlashicha, jangarilar yangi a’zolarni internet orqali yollaydilar.
Rey FQB IShID safiga kirmoqchi bo‘lganlarni, AQShda ulg‘ayib, uning hududida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lganlarni aniqlash bilan shug‘ullanishini eslatib o‘tdi.
“Xorijiy terrorchilik tashkilotlaridan tashqari, AQShning o‘zidagi ekstremistik harakatlar ham milliy xavfsizlikka tahdid soladi”, deb qo‘shimcha qildi Rey.
FQB rahbari “Al-Qoida”dan taralayotgan tahdidga ham to‘xtalib o‘tdi. Uning fikricha, bu guruh jangarilari Pokiston va Afg‘onistonda AQSh va uning ittifoqdoshlariga qarshi zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirishda davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi