15:20 / 15.02.2018
5 705

Yig‘laganda ko‘zidan qon keluvchi ayolni eri jodugarlikda ayblab, tashlab ketdi (Video)

Yig‘laganda ko‘zidan qon keluvchi ayolni eri jodugarlikda ayblab, tashlab ketdi (Video)
Hindistonda juda kam uchraydigan kasallik – yig‘laganda ko‘zidan qon keluvchi ayolni eri jodugarlikda ayblab, tashlab ketdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Hindistonning sharqiy qismida joylashgan Bixar shtatidagi Saxarsa shahrida yashovchi Gita ismli ayol gematidroz kasalligidan aziyat chekadi. Qattiq asabiylashganida uning ko‘zidan qon ketadi. 21 yoshli qizning ma’lum qilishicha, bu narsa uning turmushi buzilishiga sabab bo‘lgan.

Uning turmush o‘rtog‘i “jodugar” bilan bir tom ostida yashashni istamasligini bildirib, Gitani tashlab ketgan. Gitaning otasi kasallik avj olib ketayotganligini, endi qiz tanasining boshqa joylaridan ham qon ketayotganligini ma’lum qildi.

Qizni tekshiruvdan o‘tkazgan shifokorlar uning qon bosimi joyidaligini, qon ivishi bo‘yicha biror muammosi yo‘qligini ma’lum qilishdi.

Mazkur voqea aks etgan videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yig‘laganda ko‘zidan qon keluvchi ayolni eri jodugarlikda ayblab, tashlab ketdi (Video)