
Foto:“RIA Novosti”
Ispaniya politsiyasi yuk kemasida banan solingan qutilar ichiga yashiringan 9 tonna kokainni aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru”ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Aniqlanishicha, yukning qiymati 9 milliard yevroga baholanmoqda. Banan ichiga berkitilgan kokain olib kelgan kema Kolumbiyadan Alxesiras portiga kelgan.
Ispaniya ichki ishlar vaziri Xuan Ignasio Soido ushbu ish yuzasidan 6 kishi gumondor sifatida hibsga olinganini ma’lum qilgan.
2017 yilning dekabr oyida amerikalik harbiylar Tinch okeanida o‘tkazilgan narkotrafikka qarshi amaliyot paytida kokain qoplari orasiga kirib qolgan dengiz toshbaqasini qutqarib olgan edilar. O‘sha paytda qo‘lga kiritilgan kokainning bahosi 57 million dollar sifatida baholangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar