06:30 / 23.08.2018
3 626

Ramzan Qodirov: “Chechenistonda Qurbon hayitini motamga aylantirmoqchi bo‘lganlar yo‘q qilindi”

Рамзан Қодиров: "Чеченистонда Қурбон ҳайитини мотамга айлантирмоқчи бўлганлар йўқ қилинди"
Foto: Sputnik
Chechenistonda Qurbon hayiti kuni amalga oshishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldi olindi. Bu haqda respublika rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

"Bir guruh yoshlar tomonidan katta shov-shuvlarga sabab bo‘ladigan jinoyat sodir etilishining oldi olindi. Ularning maqsadi keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga tortish, Checheniston aholisi Qurbon-bayram bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazishlariga halal berish va bu bilan bayramni yo‘qqa chiqarish bo‘lgani shubhasiz. Eng asosiysi, ular qurollangan aksiya va teraktlarni amalga oshirishga qodir allaqanday kuchlar mavjud degan tasavvurni odamlar ongida uyg‘otishga urinib ko‘rdi», — deb yozadi Facebook’dagi sahifasida Ramzan Qodirov va guruhning kirdikorlari politsiya xodimlari hushyorligi tufayli fosh etilganini qo‘shimcha qiladi.

Qodirovga ko‘ra, ularning barcha urinishlari yo‘qqa chiqarildi: “banditlar yo‘q qilindi, yovuz niyatlilardan biri o‘zini portlatdi, lekin tirik qoldi va kasalxonaga yetkazildi”.

Qayd etilishicha, Shali shahrida ikkita politsiyachi jarblandi, shuningdek, Grozniy shahrida ham DPS xodimlari jarohat oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: “Chechenistonda Qurbon hayitini motamga aylantirmoqchi bo‘lganlar yo‘q qilindi”