11:44 / 16.10.2018
5 306

Xotinining qo‘l barmoqlarini kesib tashlagan er ustidan sud jarayoni boshlandi…

Xotinining qo‘l barmoqlarini kesib tashlagan er ustidan sud jarayoni boshlandi…
Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yil dekabrida Moskva viloyatida yashovchi Dmitriy Grachyov xotinini birovlarga rashk qilish oqibatida jinoyatga qo‘l urgani haqida xabar bergandik. U o‘shanda xotinini o‘rmonga olib borgan. Oldiniga turli ko‘rinishdagi qiynoqlarga solgan. Keyin esa ikkala qo‘lidagi barcha barmoqlarni kesib olgan-u, jon berish arafasida qolgan ayolni kasalxonaga olib borib, o‘zi politsiyachilarga taslim bo‘lgan.

Vrachlar o‘shanda to‘qqiz soat davomida jonlantirish amalini o‘tkazishgan. Jarrohlar bir kecha-kunduz ayolning hayotini saqlab qolishga harakat qilishgan. Umridan bor ekan, ayol o‘lmay qoldi. Hatto, bir qo‘lidagi barmoqlarini qayta tiklashning ham imkoni tug‘ildi. Lekin hanuz ayol doimiy tarzda muolajalar olishga mahkum.

Aytishlariga qaraganda, fojia yuz bermasdan bir necha hafta oldin bu ayol erining ustidan hudud noziriga ham arz qilib, duch kelganga rashk qilaverishini aytgan. Biroq hudud noziri erkakning yurish-turishida jinoyat izlari sezilmayotganini aytgan-u, qo‘l siltab qo‘ya qolgan. Mana, endi politsiyachi ham xizmat burchiga mas’uliyatsizlarcha yondashganlikda ayblanmoqda. Rashkchi er ustidan esa sud jarayoni boshlandi. Uni birdaniga uchta modda: «Qasddan birovning salomatligiga ziyon yetkazish», «Odam o‘g‘irlash», «Hayotiga suiqasd qilish» bo‘yicha ayblashmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xotinining qo‘l barmoqlarini kesib tashlagan er ustidan sud jarayoni boshlandi…