4 346
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsulligida Qoshiqchining oʻldirilganini aniqladi
Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilgani isbotini topdi. Bu haqda Turkiya hukumati vakiliga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 16 oktyabrga oʻtar kechasi boshlanib, ertalab tugagan tintuv vaqtida politsiya jurnalistning konsullikda oʻldirilganining aniq isbotini topgan. Biroq manbaa gap qanday isbotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
Turk OAV maʼlumotlariga koʻra, mutaxassislar konsullik hovlisidagi tuproqdan namuna olishgan hamda bino ichida qon izlarini topish maqsadida ultrabinafsha nurlaridan foydalanishgan. Tekshiruv 9 soatdan koʻproq davom etgan. Maʼlum qilinishicha, tergovchilar saudiyalik konsul qarorgohini ham koʻzdan kechirishadi.
Bu vaqtda konsulning oʻzi Turkiyani tark etgan. U Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportdan Saudiya Arabistoniga uchib ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?