
Foto: RIA «Novosti»
Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron mamlakatda kuzatilayotgan namoyishlar to‘lqini tufayli iqtisodiy va ijtimoiy jabhada favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Avvalroq, benzin narxi oshishiga qarshi boshlangan namoyishlar jiddiylashgani, Makron esa bu noroziliklarda qatnashganlarni jazolashga va’da bergani haqida xabar berilgandi.
Prezident noroziliklar fonida yuz berayotgan zo‘ravonliklarni tanqid qilgan. Uning fikricha, bu qilmishlarni oqlab bo‘lmaydi.
Fransiyada benzin narxi oshishi ortidan ijtimoiy ahvoldan norozi «sariq jiletlilar» g‘alayoni boshlandi. Hozirgacha ushbu tartibsizliklarda 4500 dan ziyod kishi qo‘lga olingan.
VIDEO “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar