00:12 / 04.01.2019
5 927

Sobiq bokschi bir zarba bilan Poroshenkoni qoʻriqlash xizmati xodimini oʻldirib qoʻydi

Sobiq bokschi bir zarba bilan Poroshenkoni qoʻriqlash xizmati xodimini oʻldirib qoʻydi
Ukrainada mojaro oqibatida prezident qo‘riqlash xizmati xodimi, 27 yoshli Vasiliy Xmelyuk o‘ldirildi. Voqea 2 yanvar kechki vaqt Kiyevning nufuzli tumanlaridan birida yuz bergan. Internetda mojaroning kuzatuv kameralaridan olingan videosi tarqalgan.

Qotilliqda gumonlanuvchi kimsa professional bokschi Petr Ocheretyaniy bo‘lgan. U 2009 yilgacha 90 kg gacha vazn toifasida bokschilik faoliyati olib borgan.

Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi kechki vaqt ikkita itini sayr qildirishga olib chiqqan. Shu vaqt voqea yuz bergan turar joy majmuasiga Xmelyuk, uning oilasi va do‘sti bo‘lgan mashina kelgan. Mashina sobiq bokschining itlaridan birini bosib olay degach, gumonlanuvchi o‘z e’tirozini bildirgan. Natijada mojaro chiqib, u fojia bilan yakunlangan.

Sportchi mojaro vaqtida Xmelyukning jag‘iga musht tushirgan. Jabrlanuvchi yiqilib, hushidan ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan tez yordam xodimlarining urinishlariga qaramay, u o‘ziga kelmay jon bergan.

Voqea joyidan ketib qolgan gumonlanuvchi ma’lum vaqtdan keyin o‘zi politsiya bo‘limiga kelgan. Unga 15 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq bokschi bir zarba bilan Poroshenkoni qoʻriqlash xizmati xodimini oʻldirib qoʻydi