19:01 / 02.03.2019
4 886

“Jonli” video: Galaxy S10ʻni ayovsiz tirnab-bukib sinab koʻrishdi

“Jonli” video: Galaxy S10ʻni ayovsiz tirnab-bukib sinab koʻrishdi
Mashhur videobloger Zak Nelson turli qurilmalar ustida oʻtkaziluvchi mustahkamlik sinovlari bilan mashhur. Jumladan, yaqindagina u Xiaomi rosa maqtagan bitta modelni sinab, videosini oʻzining YouTube-kanaliga joylagandi.

Xullasi kalom, fevralning oxirida namoyish etilgan Samsung Galaxy S10 flagmani ham Zak Nelson qoʻliga yetib keldi. Bloger uni kanselyariya pichoqchasi bilan tirnab, qoʻli bilan bukishga urinib koʻrdi.

Yaxshisi, bu jarayonni oʻzingiz tomosha qiling:

Galaxy S10 modelida Samsung yangicha texnologiya qoʻllagan – displey ostiga boshqalar qatori optik emas, balki ultratovushli daktiloskopik sensor joylagan. Nelson ushbu skanerning tirnashlardan soʻng qanday ishlashini tekshirib koʻrdi – shikastlanganiga qaramasdan, mazkur datchik barmoq izini tanish tezligi va aniqligini yoʻqotmadi.

Umuman, Galaxy S10 korpusi yetarlicha mustahkam chiqdi – videobloger kuch bilan uringanida ham uni buka olmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Jonli” video: Galaxy S10ʻni ayovsiz tirnab-bukib sinab koʻrishdi