Dream Parkda svet o‘chishi sababli charxpalakdagi odamlar havoda qolib ketdi

Dream Parkda svet  o‘chishi sababli charxpalakdagi odamlar havoda qolib ketdi

Toshkent shahrida elektr ta’minotida yuz bergan uzilish oqibatida Dream Park istirohat bog‘idagi charxpalak attraksioni to‘xtab qoldi. Natijada unda bo‘lgan bir guruh fuqarolar havoda qolib ketdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 iyun kuni «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan texnik nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chgan.

Elektr ta’minotidagi uzilish ortidan Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi charxpalak harakati ham to‘xtab qolgan. Bu haqda xabar kelib tushishi bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.

Qutqaruvchilar maxsus tadbirlar orqali attraksionda qolgan barcha fuqarolarni xavfsiz tarzda yerga tushirdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Ayni paytda vaziyat Favqulodda vaziyatlar xizmati tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, elektr ta’minoti bilan bog‘liq nosozlik sabablari o‘rganilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar