So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, jinoyat olamida «Aslan Batumskiy» laqabi bilan mashhur gruziyalik o‘g‘riboshi yaqinda Rossiyadan Turkiyaga haydab solindi. Uni politsiyachilar Domodedovo aeroportida samolyotga chiqarib qo‘yishdi. Endi 53 yoshli Qobuladze Rossiya ichkarisiga umrining oxirigacha kiritilmaydi.
Oxirgi marta o‘g‘riboshi Rossiya turmasida narkotik savdosida ayblanib, 6 yil-u 10 oylik jazo muddatini o‘tagandi. O‘shanda Gruziya ham unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Shu sababli o‘g‘riboshi ozodlikka chiqqach, 13 oy davomida vataniga ketmadi. Keyinchalik uchinchi davlatga chiqarib yuborildi.
Shu narsa ma’lumki, Turkiyada hozir Batumi o‘g‘riboshisi sifatida allaqachon tan olingan 37 yoshli Mindiya Goradze yashab turibdi. U Batumskiyning asosiy va xavfli raqibi sanaladi.
Rasmiy xabarlarga ko‘ra, Batumskiy «Qonundagi o‘g‘ri» maqomiga ega bo‘lish uchun ilk bor 1992 yili urinib ko‘rgan. Lekin asosiy o‘g‘riboshi Zurab Sinsadzedan beso‘roq bu ishga qo‘l urgani, qolaversa, qimordan qarzi borligi uchun urinishi behuda ketgan. Ikkinchi marta 1999 yili turmada birga jazo muddatini o‘tagan Dato Kakuliya Batumskiyga «Toj» kiydirmoqchi bo‘ldi. Ammo yana Sinsadze ta’qiqladi. Faqat uchinchi martagina 2000 yili «Qonundagi o‘g‘ri» maqomiga ega bo‘ldi.
2018 yil 16 fevralda qirg‘izistonlik 43 yoshli «Qonundagi o‘g‘ri» Qamchibek Ko‘liboyevga ham Rossiya ichkarisiga kirish ta’qiqlab qo‘yilgan. Qamchibek jinoyat dunyosida «Qamchi» laqabi bilan mashhur. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin