Avstraliyada 3 metrlik skat ko‘ziga kirib qolgan qarmoq ilgagidan xalos bo‘lish uchun g‘avvoslar yoniga suzib bordi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, suv ostida surat oluvchi fotograf Jeyk Uilton mahalliy aholi “Sepkil” deb ataydigan ushbu skat ortidan bir necha marotaba kuzatgan.
Jeykning aytishicha, dengiz jonzoti uning yoniga kelib, ilgak kirib qolgan ko‘zini unga tutib turgan. Fotosuratchi skat uni tanigani va yordam berishni so‘rayotgani haqidagi fikrga kelgan.
Bu voqeani qayiqdan kuzatib turgan dengiz biologi Monti Xollning ta’kidlashicha, skat Uilton ilgakni olib tashlash uchun suv ostiga bir necha marta sho‘ng‘igunicha qimirlamay turgan. Bunday urinishlardan biri pirovard natijada muvaffaqiyatli yakunlangan va ilgak skat ko‘zidan olib tashlangan.
Nashrning yozishicha, agar ilgak olib tashlanmaganda skat yuqumli kasallik orttirib olishi, ko‘r bo‘lib qolishi yoki hattoki nobud bo‘lishi ham mumkin edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi