Mashhur futbolchi Mesut O‘zilning Sharqiy Turkistondagi vaziyat haqidagi tanqidiga Xitoy hukumati rasmiy munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Yevronyus”.
“O‘zil avvalroq Sharqiy Turkistonga kelgani yoki kelmaginini bilmayman. Aftidan, u yolg‘on xabarlarga aldanibdi. Agar O‘zilning vaqti bo‘lsa, Sharqiy Turkistonga kelishini va hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishini istaymiz”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ging Shuang. Uning ta’kidlashicha, futbolchi Sharqiy Turkistonda boshqacha narsalarga guvoh bo‘ladi.
Mesut O‘zil 13 dekabr kuni Tvitterdagi sahifasida Sharqiy Turkistondagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini aytib, musulmon mamlakatlarni bu zulmga befarqlikda ayblagan edi. Shundan so‘ng Xitoyning CCTV davlat telekanali Mesul O‘zil a’zosi bo‘lgan “Arsenal” jamoasining “Manchester Siti” bilan uchrashuvi namoyishini dasturdan olib tashladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Sharmandaga shahar keng