date
views 4 135

Kanadada 3 metrlik qor yog‘di (video)

Kanadada 3 metrlik qor yog‘di (video)
Kanadada 18 yanvarda rekord miqdorda qor yog‘di. Buning oqibatida bir necha shahar faoliyatida uzilishlar yuz bergan. Bu haqda CBC News telekanali xabar berdi.

Foto: Twitter /ToddSkirving
Kuchli qor bo‘roni Kanadaning Nyufaundlend orolidagi bir necha ming kishining uyiga kirish yo‘llarini to‘sib qo‘ygan. Gambo, Trepassi, Sent-Jonsu, Paradayz va boshqa shaharlarda rekord miqorda qor qayd qilingan.

Avalon shahri aholisi 3 metrlik qor yog‘ishdan keyin hosil bo‘lgan qor uyumlari oqibatida uylarida qamalib qolishgan. Shaharda favqulodda vaziyat tartibi kiritilib, qor tozalovchi texnika zo‘r berib ishlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanadada 3 metrlik qor yog‘di (video)
-->