Foto: AP Photo/John Raoux
Amerikalik tadbikor Ilon Maskning boyligi u tomonidan boshqariluvchi Tesla kompaniyasi kapitallashuvi o‘sgani ortida bir haftada 2,1 mlrd dollarga ko‘paydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Maskning boyligi 20 yanvarda 30,9 mlrd dollardan oshgan, 23 yanvarda 33,3 mlrd dollarga yetgan va 24 yanvarda 33 mlrd dollargacha kamaygan. 25 yanvarda Mask boyligi o‘zgarishsiz qolgan, chunki AQSHda shanba va yakshanba kunlari birja savdolari o‘tkazilmaydi.
Umuman olganda, Maskning boyligi yil boshidan 5,4 mlrd dollarga, oxirgi 12 oy ichida esa 10 mlrd dollarga ko‘paygan. Bloomberg’ning fikricha, milliarderning Tesla’dagi ulushi eng serdaromadi hisoblanadi.
Amerikalik tadbirkor Forbes talqiniga ko‘ra dunyoning eng badavlat odamlari ro‘yxatida 28-o‘rinni egallamoqda.
22 yanvarda Tesla aksiyalari narxi oshishi ortida kompaniya kapitallashuvi 100 mlrd dollardan oshgandi. Biroq bu qiymat 24 yanvarda savdolar yopilishi oldidan 92 mlrd dollargacha kamaygan. Mask shuningdek SpaceX kompaniyasiga rahbarlik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"